O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 12-16 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
12.09.2022
Hafta davomida ob-havo iliq va quruq bo‘ladi
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha Volga bo‘yi hududlaridan kirib kelgan sovuq antisiklon natijasida 23-28° atrofida bo‘lgan harorat bilan nisbatan salqin ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Respublika bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Respublika bo‘yicha 13 sentabrda kechasi va ertalab sovuq antisiklon ta’siri saqlanib turadi, havo harorati 10-13° ni tashkil etadi. Kunduzi antisiklon respublikamiz hududidan chekinishi boshlaydi va havo 28-30° gacha isiydi.
14 sentabrdan va ish haftasining oxirigacha respublika bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari havo harorati 12-17°, kunduz kunlari 29-34° atrofida bo‘ladi.