O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 5-9 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 5-9 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

05.09.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 5-9 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

Ob-havo bizni o‘zining iliqligi bilan quvontirishda davom etadi

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, kuz faslining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan biroz iliqroq bo‘ladi. Havo harorati kechalari 15-20°, kunduz kunlari 34-39° atrofida bo‘ladi.

Haftaning ikkinchi yarmida mamlakatimiz hududiga salqin havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechalari 13-18° gacha, kunduz kunlari 30-35° gacha biroz pasayadi. 7-9 sentabr kunlari faqat Qoraqalpog‘iston tumanlari bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.

6 sentabr kuni shimolda, 7-8 sentabr kunlari respublikaning cho‘l hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.