17 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17.08.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

Joriy yilning 18-20 avgust kunlari O‘zbekiston hududlariga Ural hududlaridan salqin havo kirib keladi.
18-20 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda, jumladan:
18 avgustda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;
19-20 avgustda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida shamol kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin.
19-20 avgustda kunduzgi havo harorati 27-32o gacha pasayadi.

17 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-tozonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37o bo‘ladi.

Respublikaning togʼ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30о bo‘ladi.