18-21 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

18-21 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

16.08.2022

18-21 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-19 avgustda 15-20°, 20-21 avgustda 13-18°, kunduzi
18 avgustda 30
-35° bo‘ladi, 19-21 avgustda 24-29° gacha pasayadi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-20 avgustda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar kuzatiladi. Ayrim hududlarda shamol kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat 18-19 avgustda kechasi 18-23°, kunduzi 31-36°, 20-21 avgustda kechasi 15-20°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-20 avgustda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar kuzatiladi. 19-20 avgustda Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol kuchayishi
24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat 17-18 avgustda kechasi 18-23°, kunduzi 32-37°, 19-20 avgustda kechasi 16-21°, kunduzi 27
-32° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-20 avgustda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar kuzatiladi. 19-20 avgustda Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida shamol kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 18 avgustda 20-25°, 19-21 avgustda 18-23°, kunduzi 18-19 avgustda 33-38°, 20-21 avgustda 30-35° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 avgustda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar kuzatiladi. Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida shamol kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 18 avgustda 18-23°, 19-20 avgustda 16-21°,
21 avgustda 14-19°, kunduzi 18-19 avgustda 30-35°, 20-21 avgustda 27-32° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-20 avgustda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda kuchayish 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 18 avgustda 13-18°, kunduzi 20-25°, 19-21 avgustda kechasi 10-15° bo‘ladi, kunduzi 15-20° gacha pasayadi.