O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 8-12 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 8-12 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

08.08.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 8-12 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

Ushbu haftada kuchli issiq kutilmaydi

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha avgust oyi uchun nisbatan qulay ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati kunduz kunlari asosan 31-34° atrofida bo‘ladi, bu avgust oyining birinchi yarmi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan biroz pastdir. Faqat haftaning eng oxiriga kelib, harorat 35-38° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Respublikaning janubida va cho‘l zonalarida ayrim kunlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha chang-to‘zonlar bilan kuchayishi kutilmoqda.

8 avgustda Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.