29 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29.07.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 29 iyuldan 1 avgustgacha kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, Toshkent, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

29 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bo’lishi mumkin. Harorat 33-38o, janubda ba’zi joylarda 40o gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 36-38o bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28о bo‘ladi.