20 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20.05.2022

MUHIM HODISALAR

20-22 mayda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 21 mayda shimolda va cho‘l hududlarida,
22 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 20-23 mayda momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda, do‘l yog‘ishi mumkin.
20-23 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

20 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz buluti bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida va Toshkent Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 27-32о bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-30о bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25о bo‘ladi.