O‘zgidrometda xavfli gidrometeorologik hodisalardan erta ogohlantirish sohasida O‘zgidromet faoliyatini takomillashtirish masalalarini muhokama qilish bo‘yicha Jahon banki missiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zgidrometda xavfli gidrometeorologik hodisalardan erta ogohlantirish sohasida O‘zgidromet faoliyatini takomillashtirish masalalarini muhokama qilish bo‘yicha Jahon banki missiyasi bo‘lib o‘tdi

16.05.2022

O‘zgidrometda xavfli gidrometeorologik hodisalardan erta ogohlantirish sohasida O‘zgidromet faoliyatini takomillashtirish masalalarini muhokama qilish bo‘yicha Jahon banki missiyasi bo‘lib o‘tdi

Missiyaning maqsadi O‘zgidromet rahbariyati va mutaxassislari bilan turli ixtisoslashtirilgan xizmatlarga yo‘naltirilgan zamonaviy gidrometeorologiya agentligi darajasiga yetkazish uchun uni modernizatsiya qilish bo‘yicha Yo‘l xaritasi ishlab chiqishni muhokama qilishdan iborat edi.

Joriy yilning 11-13 may kunlari O‘zgidrometda xavfli gidrometeorologik hodisalardan erta ogohlantirish sohasida uning texnik, ilmiy va kadrlar salohiyatini mustaxkamlashga qaratilgan O‘zgidrometni modernizatsiya qilish bo‘yicha Yo‘l xaritasi loyihasini muhokama qilishga asoslangan gidrometeorologik xizmat bo‘yicha ekspertlar Xale Kutval xonim va Abror G‘ofurov janoblaridan iborat Jahon banki missiyasi bo‘lib o‘tdi

Yo‘l xaritasi loyihasini ishlab chiqish O‘zgidromet tomonidan o‘tgan yilning iyun oyida Jahon bankining “Markaziy Osiyoda gidrometeorologiya xizmatini modernizatsiya qilishi va mustahkamlash” va “Markaziy Osiyoning tog‘li hududlarida xavf-xatarlardan erta ogohlantirish tizimini mustahkamlash” loyihalari doirasida Jahon Meteorologiya Tashkilotiga (JMT) xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Komissiyasi (WMO) ekspertlar kengashining uslubiy yordami bilan boshlangan edi.

Yo‘l xaritasida O‘zgidrometni modernizatsiya qilishning ikkita ssenariysi – 5 yilga qisqa muddatli va 10 yilga uzoq muddatli bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, kuzatuv tarmog‘ini kengaytirish, gidrometeorologiyada AKT ning rolini kuchaytirish, texnik, ilmiy va kadrlar salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarning moliyaviy xarajatlari haqida umumiy ma’lumot berilgan.

Missiya davomida O‘zgidrometning asosiy ishlab chiqarish boshqarma mutaxassislari, "Meteoinfocom" DM va Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (GMITI) xodimlari bilan ustuvor yo‘nalishlar va faoliyatni belgilash bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi.

1