27 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

27 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

27.04.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 27 aprel kuni kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida va Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududlarda, jumladan:

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xojaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

27 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.  Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda  17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27o bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20o bo‘ladi.