23 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

23 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

23.04.2022

Joriy yilning 24-25 aprel kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, respublikaning ayrim tumanlarida do‘l yog‘ishi mumkin.
24-25 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida, Navoiy viloyatining tog‘ oldi hududlarida, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
24-25 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

23 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Buxoro, Navoiy viloyatlarining cho‘l hududularida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.  Harorat 23-28o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28 o bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20o bo‘ladi.