O‘zbekiston bo‘yicha 25-27 martga ob-havo prognozi
25.03.2022
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va bahoriy iliq ob-havo bo‘ladi. Kunduz kuni havo 16-19° iliqgacha, janubda esa ba’zi joylarda 22-25° iliqgacha isiydi. Faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.
Ammo yomg‘irlar mavsumi hali tugamadi. Ertaga O‘zbekistonga yana nam va salqin havoning bir qismi kirib keladi. Respublikaning shimolidan tashqari barcha viloyatlarda yana bulutli va yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kunduz kuni harorat 12-15° iliqgacha pasayadi.
25 va 26 martda respublikaning ayrim joylarida shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi to‘xtaydi, faqat kechasi va ertalab Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
Dam olish kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi, tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.