SHOSHILINCH AXBOROT

SHOSHILINCH AXBOROT

15.03.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

Joriy yilning 17-20 mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, soʻngra Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

17-18 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi mumkin.

17 martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

18 martda, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.

17-18 martda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda;

17 martda Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin;

18 martda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

19-20 martda kechalari havo harorati 0-3° iliqgacha pasayadi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havoda va tuproq yuzasida 1-2° sovuqgacha bo‘lishi mumkin.

19-20 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarida 2-6° sovuqgacha, Qoraqalpog‘istonning shimolida ba’zi joylarda 7-10° sovuqgacha bo‘ladi.

фото

19 mart havo harorati xaritasi