12 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 11 mart soat 20 dan – 12 mart soat 20 gacha
11.03.2022
MUHIM HODISALAR
11-16 mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, soʻngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
11-16 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.
11-16 martda respublikaning ba’zi joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
11-16 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish havfi bor.
11-16 martda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi havfi bor.
12 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
11 mart soat 20 dan – 12 mart soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o’zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-11° iliq, kunduzi 17-19° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ish, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.