O‘zgidromet Bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev hamda AQSh elchisi v.v.b. o‘rinbosari Pol Politis uchrashuvi

O‘zgidromet Bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev hamda AQSh elchisi v.v.b. o‘rinbosari Pol Politis uchrashuvi

09.03.2022

O‘zgidromet Bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev hamda AQSh elchisi v.v.b. o‘rinbosari Pol Politis uchrashuvi

Uchrashuv doirasida СОР-26 yakuni bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi. Unda atrof-muhit uchun zararli qazilma yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan ko‘mirdan foydalanishni bosqichma-bosqich kamaytirish, hamda Respublikamiz tomonidan olib borilayotgan ishlarni muntazam tahlil qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan avval СОР-26 yakuni bo‘yicha bergan xabarimizda 100 dan ortiq davlatlar 2030 yilgacha metan chiqindilarini 30 foizga kamaytirish bo‘yicha kelishuv imzolanganini aytib o‘tgan edik.

Mazkur uchrashuv doirasida AQSh Geologik xizmati (USGS) bilan hamkorlik doirasida amalga oshiralidigan qiymati 1 million 300 ming AQSh dollari bo‘lgan yangi tomonidan Texnik beg‘araz ko‘mak loyiha yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga Toshkent shahri va Respublikapmiz xududida atmosfera havosini ifloslanishi monitoringini shaffof olib borish va avtomatik postlar sonini oshirish va AQSh Atrof muxit xavfsizilig Agentligi (EPA) bilan o‘zaro xamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.