7 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

7 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

07.03.2022

MUHUM HODISALAR

7-9 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.

7 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.

 

7 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning birinchi yarmida, respublikaning qolgan hududularida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-15° iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) bo‘ladi, tuman tuishadi. Qor ko’chish hafi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7o iliq bo‘ladi.