7 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 6 mart soat 20 dan – 7 mart soat 20 gacha
06.03.2022
MUHUM HODISALAR
Joriy yilning 6-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
6-9 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.
6 martda Qoraqalpogʻiston Respublikasida shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang toʻzonlar kuzatilishi, ba‘zi joylarda 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.
7 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 6 mart soat 20 dan – 7 mart soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o’zgarib turadi, kunning ikkinchi yarimida yomgʻir yogʻadi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 11-13° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi. ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi. ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi. ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G’arbiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor). Tuman tushishi mumkin.
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.