Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 5-6 mart kunlari kuchli shamollar saqlanib qoladi
05.03.2022
2022 yil 4-5 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida 20-25 m/s tezlikdagi kuchli shamollar kuzatilib, ba’zi joylarda shamol tezligi 30 m/s gacha kuchaygan. Bundan avval Qoraqalpog‘iston hududlarida quruq
va iliq ob-havo kuzatilgan edi. Kuchli shamollar yerning qurigan yuzasidan qum va chang ko‘tarilishiga hamda ayrim joylarda ko‘rinuvchanlikning 180 m gacha kamayishiga olib keldi.
O‘zgidromet tomonidan ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, kuchli shamollar va chang to‘zonlar ko‘tarilishi haqida oldindan ogohlantirish berilgandi.
5 mart soat 13:00 holatiga respublika hududida yog‘ingarchilik yog‘moqda, bu esa o‘z navbatida qum va changli bo‘ronlarni atmosfera xavosiga ko‘tarilishini oldini oladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 5-6 mart kunlari kuchli shamollar saqlanib koladi.