5 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

5 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

05.03.2022

MUHUM HODISALAR
Joriy yilning 5-6-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
5-9 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.
5 martda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
6 martda Qoraqalpogʻiston Respublikasida shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi; ba‘zi joylarda 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kuning birinchi yarimida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G’arbiy shamol
7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang to’zonlar ko’tarilishi kutilmoqda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 
13-18o iliq bo‘ladi.

Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi,
12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-17° iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko’chish hafi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi. Harorat 3-8o iliq bo‘ladi.