O‘zbekiston bo‘yicha 4-6 martga ob-havo prognozi

O‘zbekiston bo‘yicha 4-6 martga ob-havo prognozi

04.03.2022

O‘zbekiston bo‘yicha 4-6 martga ob-havo prognozi

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘adi!

Bugun O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelmoqda. Respublika bo‘yicha quruq ob-havo kutilmoqda, havo harorati 20-23° iliq, janubda va cho‘l hududlarida 25-27° iliqgacha bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, yakshanba kuni shimolda qorga aylanishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Havo harorati pasayadi va 5 martda kechasi 10-15° iliqni, kunduzi 13-18° iliqni, 6 marta kechasi 5-10° iliqni, kunduzi 12-17° iliqni tashkil etadi.

Iliq havoning jadal kirib kelishi, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi natijasida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayadi va chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.