The Times Higher Education dunyoning TOP reytingida 10likka kiruvchi Shveysariyaning universiteti o‘rtasida ilmiy hamkorlik memorandumi imzolandi

The Times Higher Education dunyoning TOP reytingida 10likka kiruvchi Shveysariyaning universiteti o‘rtasida ilmiy hamkorlik memorandumi imzolandi

31.01.2022

The Times Higher Education dunyoning TOP reytingida 10likka kiruvchi Shveysariyaning universiteti o‘rtasida ilmiy hamkorlik memorandumi imzolandi

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy tadqiqot loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ilmiy xodimlar malakasini bosqichma-bosqich oshirib borish hamda The Times Higher Education dunyoning TOP reytingida ishtirok etuvchi va reytingi baland bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Shveysariyaning Friburg universiteti (University of Fribourg) Yer fanlari fakulteti (Department of Geosciences) bilan ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga erishildi. Hamkorlikning yuridik maqomini tasdiqlash maqsadida o‘zaro manfaatli hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumga ko‘ra tomonlar o‘rtasida almashinuv dasturlarini ishlab chiqish, yosh tadqiqotchi olimlar uchun qo‘shma PhD dasturlarini va ilmiy rahbarlik ishlarini tashkil etish, hamkorlikda ilmiy seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish, shuningdek, ilmiy loyihalarni hamkorlikda bajarish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilish belgilandi.

The Times Higher Education dunyo reytingida TOP 10 taligidan joy olgan Friburg universiteti ilmiy tadqiqotchilari guruhi bir necha yillardan buyon Markaziy Osiyo muzliklarini monitoring qilish, shuningdek, global isish natijasida muzliklarning o‘zgarishi dinamikasi bo‘yicha keng qamrovli ilmiy amaliy dasturlarni amalga oshirib kelmoqda. GMITI ilmiy tadqiqotchilari Friburg universitetidagi hamkorlari bilan bir qatorda regional miqyosdagi loyihalarda ishtirok etishi kutilmoqda.