21-23 YАNVARGA OB-HAVO PROGNOZI

21-23 YАNVARGA OB-HAVO PROGNOZI

21.01.2022

21-23 YАNVARGA OB-HAVO PROGNOZI

YOMG‘IR VA QOR KO‘RINIShIDAGI YOG‘INGARChILIK KUTILMOQDA!

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida quyoshli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Kaspiy dengizidan siklon kirib kelishida respublikaning shimolida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, Qoraqalpog‘istonda, Surxondaryo viloyatida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 7-12° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq atrofida bo‘ladi.

Ertaga sovuq antisiklon respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. O‘zbekistonda bulutli va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, respublika bo‘yicha yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi, tog‘li hududlarda qor yog‘adi, harorat kunduzi 0-5° iliqdan oshmaydi.

21-22 yanvar kunlari sovuq front o‘tishida respublika bo‘yicha shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuniga yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida biroz yog‘ingarchilik saqlanib turadi. Kechasi sovuq kuchayadi va 0-5° sovuq, shimolda 5-10° sovuq atrofida bo‘ladi, kunduzi havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi.

Dam olish kunlari siklon ta’sirida tuman hosil bo‘ladi kurinuvchanlik yomonlashadi.

21-23 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor, ehtiyot bo‘ling!