O‘zgidromet xodimi “O‘zbekiston qurolli kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

O‘zgidromet xodimi “O‘zbekiston qurolli kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

18.01.2022

O‘zgidromet xodimi “O‘zbekiston qurolli kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 13 yanvardagi farmoniga muvofiq, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlarining bir guruh xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandilar. Mana shunday tantanali tadbir O‘zgidrometda ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar boshqaruv milliy markazi boshlig‘i podpolkovnik Sotiev Xurshid To‘lqinboevich, Bosh direktor o‘rinbosarlari Ibratjon Karimov va Firuz Safarov hamda Boshqarma boshliqlari va xodimlari ishtirok etdilar.

Gidrometeorologiya sohasini rivojlantirishda o‘z xissasini qo‘shgan, shuningdek sohaga doir tizimni rivojlantirishda samarali mehnat qilgan xodim O‘zgidromet Bosh direktori  o‘rinbosari Firuz Safarov “O‘zbekiston qurolli kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Bugungi mana shunday joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlar, vatanparvarlarga topshirilayotgan mukofotlar ham inson qadrini ulug‘lashning yana bir namunasi. Bu mukofot xodimlarimizga kuch-g‘ayrat bag‘ishlab, yangi-yangi muvaffaqiyatlarga undaydi.

фото

 

Fotogoleriya: https://disk.yandex.uz/d/i_mwOTBC0JSAfQ