17-21 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
17.01.2022
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi, bunday holat Eron hududlaridan issiq va juda nam havo massalari kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Havo harorati kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq, ba’zi joylarda havo ochiq bo‘lganda 12° iliqqacha, shimolda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq -2° iliq atrofida bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha 19 yanvar kuni ertalabga yomg‘ir jadalligi pasaya boshlaydi, lekin kunduz kuni sovuq front o‘tishida ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi kuzatiladi. Respublika bo‘yicha havo harorati kechasi 3° sovuq-2° iliqqacha, kunduzi 5-8° iliqqacha pasayadi.
Payshanba kuni O‘zbekistonda havo harorati kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-10° iliq bo‘lgan quruq va biroz bulutli ob-havo kutilmoqda.
Juma kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizidan biroz nam va nisbatan sovuq havo massasi kirib keladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, shimolda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
18-19 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
18-19 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. 18-19 yanvarda qor ko‘chishi xavfi bor.