Hafta oxiriga prognoz

Hafta oxiriga prognoz

14.01.2022

Hafta oxiriga prognoz

Bugun O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq havo kirib kelmoqda. Hududlarning katta qismida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuni havo 14-17° iliqgacha, Farg‘ona vodiysida 8-11° iliqgacha isiydi.

Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida bulutli bo‘ladi, Qoraqalpog‘istonda va kunning ikkinchi yarmida Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, havo harorati 2-7° iliqdan oshmaydi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda – respublika hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Ushbu kunlarda havo harorati biroz pasayadi, yakshanba kuniga 9-14° iliqgacha pasayadi.

15-16 yanvar kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yomg‘irli beqaror ob-havo keyingi haftaning boshida ham saqlanib turadi. Havo haroratining pasayishi davom etadi va qish o‘rtasi uchun kuzatilgan me’yor 5-8° iliq, shimolda 3-8° iliq qiymatlarga yetadi.