Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati Markazi va BMTTD qo‘shma loyihasining Muvofiqlashtiruvchi Kengashini kengaytirilgan yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati Markazi va BMTTD qo‘shma loyihasining Muvofiqlashtiruvchi Kengashini kengaytirilgan yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

25.11.2021

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati Markazi va BMTTD qo‘shma loyihasining Muvofiqlashtiruvchi Kengashini kengaytirilgan yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistondagi BMTning Taraqqiyot Dasturi va O‘zgidromet Qoraqalpog‘istondagi fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shma faoliyatni yakunlamoqda

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati Markazi va BMT taraqqiyot Dasturining «O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” qo‘shma loyihasining Muvofiqlashtiruvchi Kengashini kengaytirilgan yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2021 yil 24 noyabr. Toshkent shahri. Bugun, O‘zgidromet va BMTTDning Adaptatsiya fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” qo‘shma loyihasining kengaytirilgan yakuniy yig‘ilishida eng muhim natijalar e’lon qilindi.

Loyiha Qoraqalpog‘istonning iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p aziyat chekayotgan shimoliy tumanlarida 2014 yildan beri amalga oshirib kelinmoqda. Loyihaning rasmiy yakuni sanasi – 2021 yilning 30 noyabr kuni.

Yig‘ilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumati a’zosi Baxidjon Habibullaev, O‘zgidromet bosh direktorii Sherzod Habibullaev va BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovski tomonidan tabrik so‘zlari bilan ochildi.

O‘zgidromet, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat O‘rmon xo‘jaligi, loyiha ko‘magida shakllangan yaylov kooperativlaridan iborat bo‘lgan muhim hamkor tashkilotlar vakillari loyiha doirasida amalga oshirilgan hamkorlik haqida axborot bilan almashdilar va o‘zaro munosabatlar natijalariga yuqori baho berishdi.

Tadbir davomida loyihaning asosiy natijalari ko‘rib chiqildi, mutaxassislarni qayd etishicha, 2017 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10ta avtomatik meteorologik stansiyalar uchun uskunalar o‘rnatildi, shunday qilib Gidrometeorologiya bo‘yicha Qoraqalpoq boshqarmasining barcha kuzatuv tarmog‘i avtomatlashtirildi.

Ikkita muhim gidrologik kuzatuv joyi Dopler profilograflar bilan uskunalashtirildi, bu esa oqimning tezligi va chuqurlirgi, hamda suv sarfini o‘lchash imkonini beradi.

Kuzatuvlarni avtomatizatsiyalashtirish loyiha ko‘magida Amudaryoning quyi oqimi uchun suv taqchilligi va qurg‘oqchilik yuzaga kelishi xatari haqida 6-8 oy oldindan xabardor qilish tizimi ishlab chiqilishiga asos bo‘lib hizmat qildi. Bu esa fermerlarga kelgusi yil hosilini ekishni rejalashtirish va dalalarni sug‘orish uchun zarur bo‘lgan suv hajmini hisoblab chiqish imkonini beradi. Axborot loyiha doirasida ishlab chiqilgan multimodal axborot platformasi yordamida maqsadli auditoriya orasida tarqatiladi.

Platforma ishga tushirilguncha foydalanuvchilar Amudaryoning quyi oqimi uchun suv miqdorini uzoq muddatli baholangan axborot byulletenlari va ma’lumotnomalarni olishar edi. Bunday yondashuvning afzalliklaridan 5 157 nafar mutaxassis foydalandi, ularning orasida 876 nafar ayol ham bor.

Loyiha ko‘magida uchta Maslahat-axborot markazi tashkil etildi va zarur maxsus uskunalar bilan jihozlandi:

  • Nukus shahridagi Toshkent davlat agrar universitetining Nukus bo‘limida;
  • Kegeyli tumanidagi Agrar-sanoat kollejida;
  • MChJ «Konsawt Markaz»da.

Markazlarning faoliyati davomida 21 200 nafar fermer va tomorqa yerlarini egalari foydalanishdi, ularning 600 nafarini ayollar tashkil qildi. Boz ustiga, mamlakatda qattiq karatin e’lon qilingan COVID 19 bo‘yicha pandemiya davrida Maslahat-axborot markazlari mutaxassislari «Telegramm» messenjerida maxsus tuzilgan guruh orqali on-layn rejimida axborot ko‘magini ko‘rsatishni davom ettirdilar.

Muhokamalar chog‘ida idoralararo guruh a’zolari farovonlikni oshirish va zaif qishloq hamjamiyatlarini iqlim o‘zgarishiga bardoshligini oshirish, loyiha namoyon etgan innovatsiya yondashuvlar va ularning yuqori samaradorligi borasida loyiha erishgan natijalarning muhimligini ta’kdiladilar. Ular, shuningdek, loyiha natijalari moslashuv harakatlarini milliy dasturini yanada rivojlantirish uchun ishlatilishi mumkin va zarur ekanligiga  va tashabbuslarni hududiy va insoniy qamrovi bo‘yicha yanada keng ko‘lamli tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishiga e’tibor qaratdilar.

Qishloq hamjamiyatlari vakillari loyiha faoliyati ularning farovonligi va og‘ir iqlim sharoitlariga moslashish qobiliyatini yaxshilashga ta’sir qilgani haqida so‘zladilar.

Shu asnoda, 41 200 nafarga yaqin inson, ularning 17 663 nafarini ayol tashkil qiladi, iqlimga bardosh, resurslarni tejovchi qishloq xo‘jaligi olib borish amaliyotini qo‘llamoqdalar. Bular-yerlarga minimal darajada ishlov berish, qishloq ekinlarini aralash o‘stirish, yem-hashaklarni ishlab chiqarish, tuproqni qishloq xo‘jaligi ekinlari qoldiqlari bilan qoplash va qator boshqlaar.

39 foizini ayollardan iborat 43 750 agrariylar suvni tejash amaliyotidan keng foydalanmoqdalar, bular - dalalrni lazer orqali tekkislash, artezian quduqlarining suv resurslaridan foydalanishni boshqarish, tomchilatib sug‘orish tizimlari va boshqa suv sarfini ikki marotaba qisqartirish imkonini beradigan tajribalardir.

Qishloq xo‘jaliklarini iqlim o‘zgarishlariga moslashtirishga yo‘naltirilgan loyiha faoliyati natijasida 57 875 nafar odam, shu jumladan, 27 709 ayol tahsil oldi va umumiy hisobda qariyb 2 680ta o‘rnatilgan issiqxonalardan faol foydalanishmoqda.

Orol dengizining qurigan tubidagi 75 800 gektar maydonga saksovul ko‘chatini ekish uchun texnik ko‘mak ko‘rsatilgan.

Qoraqalpog‘istonda ilk marotaba yaylov hamjamiyatlarini rivojlantirish tajribasi joriy etildi. Natijada umumiy soni 50,3 foizini ayollar tashkil qiladigan 64 723 nafar odamdan iborat 19ta qishloq fuqarolar yig‘inlari aholisini birlashtirgan 13ta yaylov kooperativlari tashkil etildi. Orasida 13 014 nafar ayol bo‘lgan 25 889 nafar odam yaylov kooperativlari a’zolari hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Yaylov Kooperativlari Uyushmasi tuzildi. Kooperativlar saksovul ko‘chatlari yetishtirish uchun 50 gektar maydonda pitomniklar tashkil etdi. 2019-2021 yillarda kooperativlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga Orol dengizining qurigan tubida 30 ming gektar maydonda saksovul plantatsiyalarini yaratish maqsadida 30 million dona ko‘chat hadya qilindi.

Anjuman yakunida loyiha faoliyatiga yuqori baho berilgan Muvofiqlashtiruvchi Kengashning qarori qabul qilindi.

Iqlim o‘zgarishiga moslashish chora-tadbirlarini qabul qilishda mamlakatni barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha shakllanayotgan milliy siyosatda borgan sari ustuvorlik kasb etadi va mazkur loyihaning natijalari bu jarayonga sezilarli ulush qo‘shdi.