Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi
19.11.2021
![Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi](/sites/default/files/styles/large/public/2021-11/photo_2021-08-06_11-57-37_1.jpg?itok=kuFvHkKW)
Bugun kunduz kuni respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 5-10° iliqgacha isiydi.
Dam olish kunlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, sovuq antisiklon sharqiy tomonga qarab siljiydi, havo harorati ko‘tariladi. Ertaga kechasi 1-6° sovuq, kunduz kuni 8-13° iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni havo yanada isiydi, kechasi harorat 2° sovuq-3° iliqgacha, kunduz kuni 14-17° iliqgacha ko‘tariladi.