15 NOYABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI

15 NOYABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI

15.11.2021

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 16 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-18 noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.

16-17 noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda changli bo‘ron bo‘ladi.

16 noyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 17 noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi, 17-18 noyabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda. 16-17 noyabrda shimolda,
17-18 noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari 5-8° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° iliqgacha, shimolda kechalari 12-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° sovuqgacha pasayadi.

 

 

15 NOYABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida  kunning birinchi yarmida ba‘zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Garbiy shamol yonalishini ozgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat
8-13о iliq boʼladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Garbiy shamol yonalishini ozgartirib sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11о iliq boʼladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Garbiy shamol yonalishini ozgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat
1-6
о iliq boʼladi.