12-14 NOYАBRGA OB-HAVO PROGNOZI

12-14 NOYАBRGA OB-HAVO PROGNOZI

12.11.2021

12-14 NOYАBRGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun O‘zbekistonda quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Kun o‘rtalariga kelib, hududning katta qismida havo 16-18° iliqgacha isiydi.

Ertaga respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, ammo bulutlilik ko‘payadi va buning hisobiga harorat biroz pasayadi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kechasi havo harorati 3-8° iliq atrofida bo‘ladi, lekin kunduz kuni esa sezilarli darjada sovuqlashadi, kunduz kungi harorat 8-13° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.