4-7 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
02.12.2025
4-7 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, 5-7 dekabrda 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 5-7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 dekabrda kechasi 0-5° iliq, 5-7 dekabrda 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 4-5 dekabrda 6-11° iliq, 6-7 dekabrda 8-13° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 5 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 6-7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 5 dekabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° gacha sovuq, kunduzi 6-11° iliq, 6-7 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 5 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 6-7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, 5-7 dekabrda bazi joylarda 2° gacha sovuq, kunduzi 4 va 6-7 dekabrda 10-15° iliq, 5 dekabrda 8-13° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 5 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, 5-7 dekabrda bazi joylarda 2° gacha sovuq, kunduzi 4 va 6-7 dekabrda 10-15° iliq, 5 dekabrda 8-13° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 5 dekabrda ba’zi joylarda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi, Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-5 dekabrda 0-5° iliq, 6-7 dekabrda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 4 dekabrda 8-13° iliq, 5-7 dekabrda 6-11° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-6 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 dekabrda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 5-7 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.







