25-28 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

25-28 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

23.10.2025

25-28 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25-26 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28 oktabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 25 oktabrda 21-26° bo‘ladi, 26-28 oktabrda 17-22° gacha pasayadi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25-27 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25 oktabrda 8-13°, 26-28 oktabrda kechasi 6-11°, kunduzi 25-27 oktabrda 23-28°, 28 oktabrda 18-23° bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25-27 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°, 26 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 21-26°, 27 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 21-26°, 28 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25-27 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-26 oktabrda 10-15°, 27-28 oktabrda 8-13°, kunduzi 25-27 oktabrda 23-28°, 28 oktabrda 21-26° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 25 oktabrda 23-28°, 26-28 oktabrda 21-26° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25-26 oktabrda Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. 27 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktabrda respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 25 oktabrda 15-20° bo‘ladi, 26-28 oktabrda 8-13° gacha pasayadi.