OʼZBEKISTON BOʼYIChА 17-19 NOYABR KUNLАRIGА OB-HАVO PROGNOZI
17.11.2023
Bugun kunduzi Oʼzbekiston hududida juda iliq va quruq boʼlgan ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Xorazm viloyatida Navoiy, Buxaro viloyatlarida kechga tomon baʼzi joylarda biroz yomgʼir yogʼishi mumkin.Baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, havo harorati 22-27° atrofida boʼladi.
Dam olish kunlari Oʼzbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.
Shanba kuni respublika boʼyicha yomgʼir yogʼdi, togʼlarda esa baʼzi joylarda kuchli boʼladi. Qoraqalpogʼiston Respublikasi,Xorazm viloyatida kechasi va ertalab biroz yomgʼir yogʼishi mumkin, Surxandaryo viloyatida va Fargʼona vodiysi viloyatlarining quruq havo saqlanib turadi.
Yakshanba kuni respublikaning katta qismida yogʼingarchilik toʼxtaydi, faqat Toshkent viloyatida va Fargʼona vodiysi viloyatlarining baʼzi joylarda biroz yomgʼir yogʼishi mumkin. Togʼli hududlarda yomgʼir qorga aylanishi mumkin.
Harorat dam olish kunlari kechasi 5-10° iliqqacha, kunduzi 13-18° iliqqacha pasayadi.
Baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 18 noyabrda 21-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtimizda: bugun yogʼingarchilik kutilmaydi. 18 noyabr vaqti-vaqti bilan yomgʼir yogʼadi. 19 noyabr biroz yomgʼir yogʼishi mumkin. Sharqiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib, gʼarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 18 noyabr 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat bugun kunduzi 24-26° iliq boʼladi, 18 noyabrda 20-22° iliqgacha, 19 noyabrda 16-18° iliqgacha asta-sekin pasayadi. Shanba havo harorati kechalari 7-9° iliqgacha pasayadi.