|
|
|
Toshkent
shahrida atmosfera havosini ifloslanish holatining kelib chiqish sabablari va ko‘rilayotgan
choralar
PRESS RELIZ
O‘zbekistonga Frontal changli bo‘ronlar sovuq frontlarning
o‘tishida yoki Eron, Iroq, Afg‘onistondan chang olib keladigan iliq havoni jadal
kirib kelishida sodir bo‘ladi.
Changli (qumli) bo‘ronlar – kuchli shamol ta’sirida katta
miqdordagi chang, quruq tuproq yoki qum zarralarini joydan joyga ko‘chishidir, buning
natijasida ko‘rinuvchanlik sezilarli darajada yomonlashishi kuzatildi.
O‘zbekistonda, shuningdek, butun Markaziy Osiyoda changli
bo‘ronlar juda tez-tez uchraydigan hodisa deb hisoblanadi. Kelib chiqish xususiyatiga
qarab changli bo‘ronlar mahalliy (lokal) va frontal deb farqlanadi.
Respublikada Havo harorati 40o va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni ortdi. Cho‘l zonasida,
respublikaning shimolida va janubida issiq kunlar soni 25 dan 40 kungacha
(15-30 kunlik norma bilan). Quruq davrlarning davomiyligi oshdi.
Changli bo‘ronlar asosan 1 soatdan 5 soatgacha, kamdan-kam
hollarda
16-24 soatgacha davom etadi.
Ko‘pincha changli bo‘ronlar yilning eng quruq davrlarida
– yoz va kuz boshlarida vujudga keladi. Biroq, so‘nggi paytlarda quruq qishda changli
bo‘ronlar holati ko‘payishi kuzatilmoqda.
Toshkent
shahrida oxirgi yillar chang bo‘ron va chang to‘zon hodisalari bilan bog‘liq xavfli
hodisalar soni ortib bormoqda. Ularning kuz faslida kuzatilishi sonida ham yuqori
suratlarda o‘sish qayd etilgan.
Poytaxt Toshkentda
oxirgi o‘n yillikda chang to‘zonlari 65 % holatda shamol tezliklari 15 m/s va undan
yuqori bo‘lgan holatlarda qayt etilgan.35 % hollarda kuzatilgan chang to‘zon va
chang bo‘ron hodisalari shamolning maksimal tezligi 10-14 m/s da kuzatilgan.
Toshkent
shaxri joylashgan meteostansiya bo‘yicha ko‘p yilik yog‘ingarchilik miqdori va iqlimiy
meyyorga nisbatan kamayib borishini ko‘rish mumkin.
Shuningdek
meteostansiyaning ma’lumotlariga asosan ko‘p yilik qayd etilgan xavo xaroratining
maksimal qiymatlari 40 darajadan yuqori bo‘lganini va yildan yilga ko‘tarilib borayotganini
ko‘rishimiz mumkin. Biroq bunday xolatlar nafaqat O‘zbekiston xududida, qo‘shni
Qozoqiston respublikasining Ostona shaxri va Tojikiston respublikasinig Dushanbe
shaxarlarida hamda, Yevropaning Ispanya davlati Sevilya shaxarida ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil tegishli qarorida O‘zgidromet O‘zbekiston Respublikasida gidrometeorologiya, iqlim o‘zgarishi va atrof tabiiy muhit
ifloslanishi monitoringi sohasida vakolatli
davlat organi etib belgilangan.
Atmosfera havosi ifloslanishi
monitoringini Respublikaning 25 ta shaharlarida joylashgan 65 ta statsionar
va 2 ta avtomatik kuzatuv postlarida amalga oshirilmoqda.
Statsionar postlarda atmosfera havosi
ifloslanishi monitoringi sutkada 3 marta (maxallliy vaqt bilan 7:00; 13:00; 19:00) olib
boriladi.
«Zamin»
XJF bilan xamkorlikdagi loyiha yordamida xarid qilingan 2 ta avtomatlashtirilgan
stansiyaning amalga oshirilishi Toshkent shahrida ilk bor atmosfera havosidagi
kichik o‘lchamdagi RM 2,5 moddalarni
ham kuzatish hamda aniq ma’lumotlar tayyorlash imkoniyatini berdi.
2021-yilda
qo‘shni Qozog‘istonning Shimkent shahri hududlarida esgan kuchli shamol va shamol
orqali ko‘tarilgan, chang zarrachalari 4-noyabrdan
5-noyabrga
o‘tar kechasi ruxsat etilgan me’yoriy ko‘rsatgichdan 30 barobar yuqori bo‘lgandi.
Ushbu hodisaga 1 yil bo‘lmasdan
yana chang ko‘tarilishi yuz berdi. Ikkala holatning farq 2021-yilda qo‘shni Qozog‘istondan
kelgan qum bo‘ronlari bo‘lsa, joriy yilda lokal chang ko‘tarilishi yuz berdi.
Uzoq vaqt davomida yog‘ingarchilikning bo‘lmagani va havo haroratining inversiyasi
natijasida 17-oktabr kuni Toshkent shahrida atmosfera havosining
PM 2.5 – 115
dan 200 mkg/m3 gacha bo‘lgan oraliqda kuzatildi, bu AQI 170
dan yuqori (sog‘liq uchun zararli).
Kuzatishlar natijasida Toshkent shahrida
mayda dispers zarrachalar:
RM 2,5 – 2021-yil uchun 48 mkg/m3;
2022-yil
9 oylik 30 mkg/m3.
RM 10 – 2021-yil
uchun 126.5 mkg/m3;
2022-yil
9 oylik 76,2 mkg/m3. ni tashkil etdi.
Toshkentda uzoq davom etgan yomg‘irdan
so‘ng, tog‘ havosi kabi
musaffo muhit kuzatilmoqda. Shahar havosi joriy yil 26-oktabr
soat 14:00 holatiga ko‘ra dunyo shaharlari orasida havo sifati bo‘yicha
49-o‘rinni qayd etdi.