PRESS-RELIZ
 
Iqlim o'zgarib turishini boshqarish va moslashish yarasida mustahkam yo'nalishlarni belgilash

 

Sana: 15-16 dekabr, 2022y., Toshkent

Tashkilotchilar: O’zgidromet bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishiga eng zaif boʻlgan iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalarga moʻljallangan Milliy Moslashuv rejasi (MOP)” loyihasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), Yashil Iqlim Jamg’armasi

O‘zbekiston Respublikasi uchun iqlim o‘zgarishi masalasi dolzarbligicha qolmoqda, chunki yil sayin iqlim o‘zgaruvchanligi sezilarli bo‘lib, iqlimga bog‘liq bo‘lgan xavf-xatarlar – issiqlik va sovuq to‘lqinlar shuningdek, ularning davomiyligi, kuchli yog‘ingarchiliklar ko‘payib bormoqda.

Sel, toshqin xavfi va qor ko'chkilarining paydo bo‘lishi, ko‘pincha hosilning yo‘qolishi, qurg‘oqchilik va suv tanqisligi, tuproqning yemirilishi va chang bo‘ronlari va boshqalar. Bularning barchasi bevosita ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmaga, atrof-muhitga, aholi turmush farovonligi va salomatligiga ta‘sir qiladi.

Iqlim o‘zgarishiga moslashish davlat boshqaruvining barcha darajalarida va respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida rejalashtirishning umumiy va zarur tarkibiy qismiga aylanishi kerak. Moslashuvni milliy rejalashtirish iqtisodiyot tarmoqlarining iqlim o‘zgarishi ta’siriga zaifligini baholashga, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarni hisobga olishga, moslashuv tadbirlarini moliyalashtirish muammolarini hal qilishga yordam beradi.

2022-yil 15-16-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan iqlim o‘zgarishi oqibatlarini iqtisodiy baholash va moslashish jarayonining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari aynan shu masalaga bag‘ishlandi. TreningOʻzbekistonda iqlim oʻzgarishiga eng zaif boʻlgan iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalarga moʻljallangan Milliy Moslashuv rejasi (NAP)” loyihasi doirasida tashkil etildi.

 
Ma’lumot uchun: Loyiha Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet), Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda Yashil iqlim jamg‘armasi (GCF) moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda. Muddati: 2020-2023-yillar. Pilot viloyatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari. Asosiy tarmoqlar: qishloq, suv xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, uy-joy va favqulodda vaziyatlarni boshqarish. Maqsad: Milliy Moslashuv rejasini (NAP) ishlab chiqish va iqlim o‘zgarishiga moslashishni O‘zbekistonda milliy va submilliy rejalashtirish va byudjetlashtirish jarayonlariga integratsiya qilish uchun institutsional va texnik salohiyatni kuchaytirish.
 
Treningda Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish, qishloq xo‘jaligi, investisiya va tashqi savdo, moliya, suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, qurilish, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda O‘zgidromet xodimlari ishtirok etdi.
 
Moslashuv chora-tadbirlarini baholash iqtisodiy, ekotizim va ijtimoiy xarajatlar va foydalarni, shuningdek, moslashuv chora-tadbirlarining aholiga, iqtisodiyot tarmoqlariga va atrof-muhitga ko‘zda tutilmagan (ijobiy yoki salbiy) ta’sir qilish imkoniyatlarini hisobga olishga qaratilgan. Moslashuv xarajatlari va foydalarining ishonchli hisob-kitoblari byudjetlashtirish va aralashuvlarning pul qiymatini baholash uchun asos bo‘ladi.
Moslashuv tadbirlarini iqtisodiy baholash va ustuvorliklarni belgilash uchun tegishli vositani tanlashda e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan asosiy masalalar quyidagilardan iborat:
Har bir moslashuv variantining xarajati va foydasi qanday? Barcha xarajatlar va imtiyozlarni ajratish va hisoblash (pul korinishida olchash) mumkinmi?
             Moslashuv variantlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda amalga oshirish mumkin va natijaga erishish uchun qanday shartlar mavjud?
             Moslashuv va rivojlanish imkoniyatlari o‘rtasidagi birgalikdagi manfaatlarni pul ko‘rinishida aniqlash va o‘lchash mumkinmi?
             Loyihaning milliy ekspertlari jahon tajribasi, O‘zbekistonning iqlimiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini o‘rganish asosida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini iqtisodiy baholash va moslashish jarayonida ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.
             Trening davomida ishtirokchilarga iqlim o‘zgarishiga moslashish choralari va uning oqibatlari haqida ma’lumotlar berildi, ustuvor yo‘nalishlarni tanlash mezonlari tahlil qilindi. Jumladan, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar davomida foyda-xarajat tahlili (KBA), rentabellik usuli (CEA), ko‘p mezonli tahlil (MCA), investitsiya tahlili usullari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, trening ishtirokchilari atrof-muhitni tartibga solishning huquqiy asoslari va imtiyozlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ekologik va iqtisodiy rag’batlantirish bo‘yicha xorijiy tajribani ko‘rib chiqqach, biz iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish va byudjetlashtirish qanday amalga oshirilayotganini o‘rgandik va muhokama qildik.
Moslashuv chora-tadbirlarini iqtisodiy baholash bo‘yicha treninglar loyihaning tajriba hududlarida ham o‘tkaziladi.