Xodimni muntazam “kasallik varaqasi”da bo‘lishi
uchun ishdan bo‘shatish mumkinmi?
“Xodim tez-tez kasal
bo‘ladi va
deyarli “kasallik varaqasi”da
o‘tiribdi. Tabiiyki, u o‘z funksiyalarini barqaror bajara olmaydi. Shaxs qancha uzoq muddat “byulletenda” bo‘lishi
mumkin? Biz uni sog‘lig‘i
holatiga ko‘ra ishdan bo‘shatishimiz
mumkinmi?”
Ish beruvchi qanday asoslarga binoan
“surunkali-layoqatsiz” xodim
bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkinligi
haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan
“Norma”ning mehnat huquqi bo‘yicha eksperti Lenara XIKMATOVA so‘zlab berdi:
- Kasallik va shikastlanganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari mehnatga
layoqatsiz shaxs murojaat qilgan yoxud davolangan davolash-profilaktika muassasasi
(DPM) tomonidan mehnatga layoqatsizlik
aniqlangan kundan boshlab beriladi.
Ambulatoriya sharoitida davolanishda davolovchi shifokor yakka o‘zi 5 kalendar kunigacha
“kasallik varaqasi” berishga
haqli. Keyinchalik uning muddati davolovchi shifokor va bo‘lim mudiri tomonidan har safar 10 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan
muddatga uzaytiriladi. Biroq bu byulletenni
cheksiz uzaytirish mumkinligini anglatmaydi. Muayyan muddatlardan
keyin bemor tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga
(TMEK) yuboriladi:
Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslar, shuningdek noxush klinik prognozli bemorlar ushbu muddatlar o‘tmasdan turib ham TMEKga yuborilishi mumkin.
Bemor TMEKga yuborilganda
mehnatga layoqatsizlik varaqasining
muddati to‘xtatiladi.
Bemor hujjatlari TMEKda qabul qilingan kundan boshlab 2 hafta muddatda tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi. TMEK tomonidan
nogironlik belgilanmagan bo‘lsa, lekin u hanuz mehnatga layoqatsiz bo‘lsa, “kasallik varaqasi” DPM tomonidan uning mehnat qobiliyati tiklangunga qadar, ammo
2 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga
uzaytiriladi.
Buxgalter.uz da batafsil o‘qing.