Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik
haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik
haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga
qarshi kurashishga boshqa tarzda
ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Nizomga ko‘ra, korrupsiyaga
oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslar
quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda
bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
o‘zlariga nisbatan pora talab qilgan
shaxs yoki o‘zlariga ma’lum
bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar (Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti)ga bergan xabari
asosida bunday huquqbuzarlik
fosh etilsa;
korrupsiyaga oid jinoyatni
sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs to‘g‘risida
huquqni muhofaza qiluvchi
organlarga berilgan xabar
asosida qidiruvdagi shaxs ushlanishi (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bundan mustasno).
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik
haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga
qarshi kurashishga boshqa tarzda
ko‘maklashgan shaxslar tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 25 baravarigacha (669
ming so‘mdan 5 mln 575 ming
so‘mgacha) miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi mumkin.
Agar pora summasi yoki etkazilgan
zarar yoxud
o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ko‘p bo‘lsa, mukofot quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:
ancha miqdor uchun – mulk qiymatining 15 foizi miqdorida;
ko‘p va juda ko‘p miqdor uchun – mulk qiymatining 10 foizi miqdorida.
Shaxs korrupsiyaga qarshi
kurashishga munosib hissa qo‘shganligi uchun davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi mumkin.
Shaxslarni rag‘batlantirish
masalalari korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar huzurida tuziladigan maxsus
komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Maxsus komissiya qarori asosida bir martalik pul mukofoti yoki esdalik
sovg‘asi bilan
taqdirlash haqida qaror 1
ish kunida chiqariladi.
Pul mukofoti xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng 15
ish kuni ichida shaxslarning
shaxsiy hisob
varag‘iga o‘tkazib beriladi.