12 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 11 sentabr soat 20 dan 12 sentabr soat 20 gacha

12 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 11 sentabr soat 20 dan 12 sentabr soat 20 gacha

11.09.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 11-12 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi.
11-12 sentabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
11 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin.
11- 12 sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13o gacha, kunduz kunlari 23-28o gacha pasayadi.

12 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 11 sentabr soat 20 dan 12 sentabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13°, kunduzi 24-26° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda
15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°,
kunduzi 23-28° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.