3-5 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

3-5 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

01.05.2023

3-5 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 3 va 5 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha, ba’zida esa 20-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 3 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°, 4 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 5 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha, ba’zida esa 20-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 3 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 27-32°, 4 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°, 5 mayda kechasi 9-14°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 3 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°, 4-5 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo’ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 3 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°, 4 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35°, 5 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 3 mayda kechasi 11-16°, kunduzi 25-30°, 4-5 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8°, kunduzi 13-18° bo’ladi.