5 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

5 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

05.04.2023

MUHIM HODISALAR

5-7 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li xududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor.

5-7 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida  sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

5 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumikn. Harorat 16-18o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi, do’l yog’ishi mumkin. Ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° bo‘ladi.